Ko'p so'raladigan savollar
Diagnostika qancha turadi?
Diagnostika narxi "Narxlar" bo'limida ko'rsatiladi. Aniq xarajat diagnostikadan so'ng, ta'mirlash boshlanishidan oldin sizga aytiladi.
Ta'mirlash qancha vaqt oladi?
Muddat nosozlik turiga va ehtiyot qismlarning mavjudligiga bog'liq. Diagnostikadan so'ng taxminiy muddatni aytamiz.
Ustani uyga chaqirish mumkinmi?
Ha. Uy, ofis, do'kon yoki tashkilotga usta chiqadi. Saytda "Usta chaqirish" tugmasini bosib, so'rov qoldiring.
Printerlarni uyda ta'mirlaysizlarmi?
Ha, ko'p hollarda printerni joyida diagnostika qilib, sozlash yoki tozalash mumkin. Murakkab holatda printerni servisga olib ketamiz.
Kartrijni to'ldirish mumkinmi?
Ha, lazer va inkjet kartrijlarini to'ldiramiz, tozalaymiz va chop etishni tekshiramiz. Kerak bo'lsa chip, drum yoki rakelni almashtiramiz.
Kafolat bormi?
Bajarilgan ishlarga kafolat beriladi. Kafolat muddati xizmat turiga bog'liq va buyurtma hujjatida ko'rsatiladi.
Yetkazib berishni buyurtma qilsa bo'ladimi?
Ha. Buyurtma berishda "Usta chiqishi" ni tanlang va manzilni kiriting. Murakkab holatda texnikani servisga olib ketish va qaytarib yetkazishni kelishamiz.
Qanday to'lov usullari mavjud?
Xizmatdan keyin naqd yoki karta orqali to'lash mumkin. Onlayn to'lov usullari (Click, Payme va boshqalar) ulangan hollarda buyurtma jarayonida ko'rinadi.